AsosiyJinoyat

Toshkentda mast erkak uni tinchlantirmoqchi bo`lgan odamni pichoqlab qo`ydi

'Toshkentda mast erkak uni tinchlantirmoqchi bo`lgan odamni pichoqlab qo`ydi'ning rasmi

Mast holatdagi erkak kishi uni tinchlantirmoqchi bo`lgan odamga pichoq sanchdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, 4-noyabr kuni Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko`ra, 1-noyabr kuni soat 21.10 da 43 yoshli Ilxomjon R. spirtli ichimlik ta`siri ostida bezorilik qilib 43 yoshli Baxodir A.ga pichoq bilan jarohat etkazgan. Oqibatda Baxodir A. tibbiy yordam uchun murojaat qilgan. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi — “Bezorilik” bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar