AsosiyDunyo

Tojikiston IIV: chegara postiga hujum qilganlarning hammasi Tojikiston fuqarolari bo`lgan

'Tojikiston IIV: chegara postiga hujum qilganlarning hammasi Tojikiston fuqarolari bo`lgan'ning rasmi

Tojikiston-O`zbekiston chegarasidagi Ishxobod chegara postiga hujum qilgan jangarilarning hammasi Tojikiston fuqarolari bo`lgan, deya xabar beradi Sputnik Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibiga tayangan holda.

“Hozirda Bosh prokuratura ushbu ish yuzasidan tergov olib bormoqda. Guruh a`zolarining shaxsi kun oxirigacha to`liq tasdiqlanadi”, — deya qo`shimcha qildi u.

Shuningdek u o`ldirilgan va hibsga olinganlar orasida bir necha ayol borligini tasdiqladi.

Maxsus xizmatlarining barcha harbiy bo`linmalari 50% yuqori darajada tayyor ekanligini qayd etildi.

Eslatib o`tamiz, 6 noyabrga o`tar kechasi 20 niqobli jangarilardan iborat qurollangan guruh Dushanbedan 60 km g`arbda joylashgan 4-son Ishqobod chegara posti xodimlariga hujum qilishgan.

Otishma paytida ulardan 15 nafari yo`q qilingan, besh kishi qo`lga olingan. Amaliyot davomida ikki nafar tojik harbiylari halok bo`ldi.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, hujum qilganlarning hammasi IShID saflaridan ekanligi ma`lum bo`lgan.

Ular Tojikistonga 3 noyabr kuni Xatlon viloyati orqali Afg`onistondan kirib kelishgan. Keyin avtomobillarda Rudakiygacha 200 km dan oshiq masofani bosib o`tgan.



 

Boshqa yangiliklar