AsosiyJinoyat

Bekobodda ovqatlanib o`tirgan ikki kishi 3 nafar voyaga etmagan tomonidan pichoqlandi.

'Bekobodda ovqatlanib o`tirgan ikki kishi 3 nafar voyaga etmagan tomonidan pichoqlandi.'ning rasmi

Bekobod tumanida yarim kechasi kafeda ovqatlanib o`tirgan ikki kishi uch nafar voyaga etmagan shaxs tomonidan pichoqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi

Aniqlanishicha, 5 noyabr kuni soat 00:30 da voyaga etmagan 17 yoshli Ya.T. o`zining tengdoshlari D.R., D.P.lar bilan birgalikda Toshkent viloyati Bekobod shahar 13-dahada joylashgan “Mohinur” kafesida bo`lgan va  shu erda ovqatlanib o`tirgan S.X. va Yo.S.lar bilan o`zaro janjallashib qolgan.

Natijada o`smirlar ularga qo`l, oyoqlari hamda pichoq yordamida tan jarohati etkazishgan. So`ngra hodisa joyidan yashiringanlar. Mast holatda bo`lgan ikki nafar shaxs esa sanchilib kesilgan tan jarohatlari bilan tez yordam bo`limiga keltirilgan.

Tergov tezkor guruhi hodisa joyidan ish uchun ahamiyatli ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston JKning  77-moddasi 3-qismi "g" bandi (bezorilik) va 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish, bezorilik oqibatida) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Gumon qilinuvchilar qo`lga olingan va holat yuzasidan so`roq qilinganlar. 

Qayd etilishicha, so`roq jarayonida ular iqrorlik ko`rsatuvlari berib, gumon qilinuvchi D.R. bir dona pichoqni o`z xohishi bilan tergovga taqdim etgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar