AsosiyShou-biznes

Shohruhxon kimdan uzr so`ramoqda?

Fevral oyida muxlislari uchun kutilgan konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirayotgan Shohruhxonning shaxsiy hayoti haqidagi ma`lumotlar ham bugungi kunda omma diqqat markazida. 

Shou-biznesda ko`zga ko`ringan xonanda hisoblanmish Shohruhxonning shaxsiy hayoti ayni vaqtda barchani qiziqtirishi tabiiy. Bu munosabatlar uning qo`shiqlarida ham aks etarmikan? Bu savolga o`zingiz javob topishingiz mumkin. 

Shohruhxon tomonidan taqdim etilgan yangi qo`shiq mavzusi o`zgacha. Taronaning matn muallifi aynan xonandaning o`zi ekanligini alohida ta`kidlash zarur. "Sen arazlama go`zalim" nomli tarona mohir aranjirovka ustasi Jasur Badalboev bilan hamkorlikda tayyorlangan. Odatda Jasur Badalboev professional darajada ijod namunasi yaratishini inobatga olsak, bu safargi qo`shiq ham xitga aylanishiga ishonish mumkin.

manba: popcorn.uz

    Boshqa yangiliklar