1

Samarqandda bir oy komada yotgan 48 yoshli ayol hayotga qaytarildi (Video)

Jamiyat 12.11.2019, 16:40
Teglar: Video
Samarqandda bir oy komada yotgan 48 yoshli ayol hayotga qaytarildi (Video)

Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining reanimasiya bo`limida 48 yoshli ayol bir oy komada yotdi. Shifokorlarning sa`y-harakatlari bilan u hayotga qaytarildi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informasion dasturida ma`lum qilindi.

«Bemor miyasida juda katta o`sma bilan sun`iy nafas oldiruvchi apparat bilan bir oydan ortiq komada yotdi», — deydi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi boshlig`i Ahmadjon Bobojonov.

Qayd etilishicha, ayolning yaqinlari uning ahvolini ko`rib, yashab ketishidan umidini uzgandi.

«Ammo shifokorlar eng so`nggi daqiqada ham ayolning ahvolini yaxshilash, uning hayotini saqlab qolish imkoni borligiga hammani ishontirdi», — deyiladi reportajda.

«Bir-ikki marta yarim kechasi soat 02:00 larda ham operasiya qilishga to`g`ri keldi. Shifokorlarimizning sa`y-harakatlari bilan ayolning hayotini saqlab qoldik. Hozir o`ziga keldi, savollarimizga javob beryapti», — deydi tibbiy birlashma rahbari Ahmadjon Bobojonov.

«Bir oy mobaynida oldiga kirardik, ismini aytib chaqirsak, javob bermasdi, ko`rmasdi, eshitmasdi. Hozir ismini aytsak bizga qarayapti, gaplashyapti. Bir oy mobaynida shuni angladimki, shifokorlik dunyodagi eng qiyin soha ekan», — deydi bemor ayolning turmush o`rtog`i.

Shifokorlar kasb bayrami arafasida tashki etilgan tantanali tadbirda Samarqand tibbiyot birlashmasi viloyatdagi «Yilning eng yaxshi sog`liqni saqlash tashkiloti», deya e`tirof etildi.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1