1

O`zbekistonda pilla hosili 19 ming tonnaga etkazildi

Iqtisodiyot 14.11.2019, 10:36
Teglar: O`zbekiston, Pilla
O`zbekistonda pilla hosili 19 ming tonnaga etkazildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan videoselektorda ipakchilik sanoatini rivojlantirish masalalari ham ko`rib chiqildi.

Pillachilik juda qisqa muddatda – 30-35 kunda eksportbop mahsulot olsa bo`ladigan tarmoq. Dunyoda 20 dan ortiq pilla etishtiruvchi mamlakat bo`lsa, O`zbekiston Xitoy va Hindistondan keyingi o`rinda turadi. Lekin yurtimizning jahon bozoridagi ulushi – atigi 2,5 foiz.

Oxirgi ikki yildagi sa`y-harakatlar natijasida, xususan, yiliga to`rt marta ipak qurti boqish hisobiga pilla hosili 19 ming tonnaga etkazildi.

Yig`ilishda bu tarmoqdagi bozor kon`yunkturasi tahlil qilinar ekan, mamlakatimizda katta imkoniyatlar borligi ta`kidlandi. Bundan samarali foydalanilsa, yaqin yillarda yillik eksport hajmini kamida 500 million dollarga etkazish mumkin.

Ayni paytda, tarmoqda qator muammolar bor. Jumladan, tutzorlarning 6 ming gektari yaroqsiz ahvolda. Yana 37 ming gektarda hosildorlik 30 foizga ham etmaydi. Yuqori ozuqaviy navlar tutzorlar va yakka qator tutlarning bor-yo`g`i 5-6 foizini tashkil etadi. Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash o`z vaqtida sifatli amalga oshirilmayotgani bois ozuqa bazasi yo`qotilmoqda.

Ipak qurti urug`ining 80 foizi import qilingan. Yurtimizda super-elita ipak urug`i yaratadigan yagona muassasa – Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasi eskirgan.

Shulardan kelib chiqib, 2022 yil yakuniga qadar 20 ming gektar yangi tutzorlar barpo etish hamda 10 ming gektar eskirgan tutzorlarni yangilash rejalashtirilgan. 

Buning uchun mavjud tutzorlar oilaviy pudrat asosida aholiga 1 gektardan 3 gektargacha bo`lib beriladi. Pillachilik klasterlari tomonidan tutzorlarni yangilash uchun tut ko`chatlari va mavsumda ipak qurti urug`i tarqatiladi. Pilladan olinadigan daromad bilan bir qatorda, tutzorlar orasiga ekiladigan qo`shimcha ekinlar ham to`lig`icha aholi ixtiyorida qoladi. 

Qishloq xo`jaligi vazirligi, “O`zbekipaksanoat” uyushmasi, viloyat hokimlari va tegishli idoralar rahbarlariga tutzorlar tashkil etish uchun er ajratish, eskilarini yangilash, suv tejovchi texnologiyalarni qo`llash bo`yicha topshiriqlar berildi. Kelgusi yili pilla etishtirish hajmini 21 ming tonnaga, 2025 yilgacha esa 30 ming tonnaga etkazish vazifasi qo`yildi. 

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1