AsosiyJamiyat
7899

Yunusobod tumanining ayrim ko`chalari 7 kunga yopiladi

'Yunusobod tumanining ayrim ko`chalari 7 kunga yopiladi'ning rasmi

Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko`chasining Yunusota va Husayniy ko`chalari oralig`idagi qismi 2019 yilning 15 noyabridan 22 noyabr kuniga qadar vaqtincha yopiladi. 

Mazkur vaziyat Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi doirasida er osti o`tish yo`lini barpo etish ishlari olib borilishi munosabati bilan amalga oshiriladi.

Avtotransport vositalarining harakati aylanma yo`l orqali amalga oshiriladi. 

Toshkent shahar hokimligi keltirilgan noqulaylik uchun uzr so`ragan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar