1

Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi

Iqtisodiyot 15.11.2019, 17:29
Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi

Kengash tarkibiga xorijiy kompaniya, bank hamda boshqa moliyaviy muassasalar rahbarlari va vakillari kiritiladi.

Prezident qaroriga muvofiq, O`zbekiston prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi. Kengash prezident huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.

Ilg`or jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda hukumatga mamlakatni investisiyaviy, sanoat-texnologik va innovasion rivojlantirishning eng muhim yo`nalishlari bo`yicha maslahatlar berish, qulay investisiya muhitini shakllantirishda ishtirok etish, shuningdek to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilishga ko`maklashish kengashning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Kengash tarkibi O`zbekistonda investisiya va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy kompaniyalar, banklar, investisiyaviy va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan, Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining rahbarlari va vakillari, shuningdek, boshqa ishtirokchilar orasidan shakllantiriladi.

Kengash yalpi majlislari yilda bir marta, oraliq majlislari – yilda kamida ikki marta o`tkazilishi qayd etilmoqda.

Shuningdek, qaror bilan xorijiy investorlar kengashi to`g`risidagi nizom hamda kengashning O`zbekiston tomoni tarkibi tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1