Smartfonlar unitazdan ko`ra 20 marta iflos ekanligi aniqlandi

Hi-tech 20.01.2015, 15:08
Smartfonlar unitazdan ko`ra 20 marta iflos ekanligi aniqlandi

Egalari tomonidan faol ishlatiladigan smartfonlarning ko`pchiligi turli bakteriyalarga to`ladir, ular orasida kasallik keltirib chiqaradiganlari ham bor, deya xabar bermoqda daryo.uz Britaniyaning Surrey universiteti olimlari o`tkazgan tadqiqotga asoslanib.

Olimlar Petri chashkasiga bir necha o`nta smartfonni joylab, bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay bo`lgan sharoitda ularni uch kunga qoldirdi, so`ng natijalarni diqqat bilan o`rganib chiqdi. Aniqlanishicha, smartfon korpusi yuzasida unitazning suv tushiradigan dastagidan ko`ra 18 marta ko`p kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar yashaydi.

Tajriba mualliflari ta`kidlashicha, britaniyaliklar tomonidan faol qo`llaniladigan 63 millionta smartfonlarning 15 milliontasi sog`liq uchun potensial xavfga egadir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1