10-noyabr kuni soat 11.00 da Mirobod tumanida 22 yoshli Jahongir Ch., 23 yoshli Diyorbek U. va 24 yoshli Qobiljon T.lar o`zaro kelishib o`g`rilik sodir etishdi.
IIBBning ma`lum qilishicha, ular 37 yoshli Nodir K.ga tegishli “Spark” rusumli avtomobil qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, old chap yon oynasini sindirib, salondan ichida 170 AQSh dollari bo`lgan barsetka va 1.300.000 so`m pullarni hamda ikkita mobil telefonlarni o`g`irlab ketishgan.
G`arazgo`ylar voqea joyidan yashirinmoqchi bo`lganlarida IIBB xodimlari tomonidan qo`lga olindilar.
Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.