1

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki O`zbekistonga 500 mln dollar qarz ajratadi

Iqtisodiyot 19.11.2019, 11:22
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki O`zbekistonga 500 mln dollar qarz ajratadi

2019 yil 19 iyulda davlat hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o`rtasida yarim milliard AQSh dollari miqdoridagi Qarz bitimi imzolangan.

Norma'ning yozishicha, qarzni so`ndirish muddati 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda – 30 yil. Ajratiladigan qarz Jahon banki ishtirokida «O`zbekistonda bozor islohotlarini qo`llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirish doirasida respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo`naltiriladi.

Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, XTTB tomonidan ajratiladigan qarzdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas`ul hisoblanadi. Markaziy bank, Davlat statistika qo`mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi loyihani amalga oshirish agentlari hisoblanadi.

Qarzni so`ndirish, foizlar, komissiyalar va boshqa to`lovlar O`zbekiston respublika byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi. 

Hujjat 14 noyabr kuni kuchga kirdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1