2019 yilning 18 noyabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va rivojlanish bo`yicha 12-konferensiyasi (UNCTAD) ochildi.
Konferensiyada rivojlanayotgan mamlakatlardagi qarz inqirozi, qarzlar shaffofligining imkoniyatlari va cheklashlari, uzoq muddatli qarz siyosati, qarzni boshqarish va qarzlarni boshqarishni kuchaytirish uchun xalqaro yordam kabi mavzular Xalqaro valyuta jamg`armasi, Jahon banki, Evropa Ittifoqi, UNCTAD, Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyati va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari va mamlakatlarning vakillari ishtirokida muhokama qilindi.
Tadbir doirasidagi o`tkazilgan muhokama va taqdimotlarda O`zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi nomidan Davlat tashqi va ichki qarzi departamenti direktori Jasur Karshibaev ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida davlat qarzini boshqarish va moliyaviy tahlil tizimi (DMFAS) bo`yicha maslahat guruhining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda qarzni boshqarish, shaffoflikni ta`minlash va bu boradagi islohotlar bo`yicha 3 ta davlat, shu jumladan O`zbekiston Respublikasining taqdimoti o`tkazildi.
O`zbekiston Respublikasida Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi qisqa muddatda ochiqlik va samarali iqtisodiyotni yaratish bo`yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari Xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi. Xususan, valyuta bozorini, tashqi savdo, narxlarni liberallashtirish borasidagi yutuqlar, xalqaro suveren kredit reytingi olinishi, Xalqaro valyuta jamg`armasining kengaytirilgan Umumiy ma`lumotlarni tarqatish tizimiga qo`shilishi, soliq va bank tizimi, davlat korxonalarini isloh qilish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar qiziqish uyg`otdi.
Qayd etish joizki, O`zbekistonda qarzdorlik darajasi yuqori bo`lmasada, mamlakatimizda potensial xatarlarni oldini olishga qaratilgan harakatlar va extiyotkorona yondashuv xalqaro ekspertlar tomonidan qo`llab quvvatlandi.
Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzi YaIMga nisbatan 23,8% (umumiy davlat qarzi 33,6%) tashkil etib, XVJ bahosiga ko`ra mo``tadil darajada hisoblanadi. Dunyo mamlakatlarining umumiy qarzi so`ngi yillarda jiddiy oshishi kuzatilib, YuNKTAD ma`lumotlariga ko`ra 2017 yilda 213 trln. dollar yoki YaIMga nisbatan 262% tashkil etgan.
Xususan:
- Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg`armasi bilan birgalikda o`rta muddatli qarzni boshqarish strategiyasi ilk bora ishlab chiqildi;
- xalqaro ekspertlar yordamida makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz davlat qarzining me`yoriy miqdorlari Xalqaro valyuta jamg`armasining metodologiyasi asosida hisoblab chiqildi;
Ma`lumot uchun: O`zbekiston uchun moliyaviy xavfsiz bo`lgan davlat qarzi me`yorlari ishlab chiqishda 2030 yilgacha bo`lgan iqtisodiy o`sish prognozlari, investision talablar, respublika iqtisodiyotining ayrim tashqi va ichki risklarga chidamliligi, somning devalvasiyasi, O`zbekistonning eng katta savdo hamkorlari – Rossiya, Qozog`iston, Xitoy, Turkiyadagi iqtisodiy o`sish va valyuta tebranishlari, ularning eksport va respublika iqtisodiyotiga ta`siri o`rganib chiqildi.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hozirgi vaqtda O`zbekistonning tashqi qarzdorligi bilan bog`liq risklarni oldini olish, qarzdorlikni kamaytirish va uni samarali boshqarish uchun fiskal siyosat qoidalarini ishlab chiqishi kelgusida vujudga kelishi mumkin muammolarning oldini olishga qaratilgan.