1

Janubiy Olamushuk konida neft qazib olinishining operatorligi «ANDIJANPETRO»ga topshirildi

Iqtisodiyot 06.12.2019, 11:31
Janubiy Olamushuk konida neft qazib olinishining operatorligi «ANDIJANPETRO»ga topshirildi

2019 yil 5 dekabr kuni "O`zbekneftgaz" AJ va "Zarubejneft" AJ (Rossiya) hamkorligida korporativ shartnomani imzolash va "ANDIJONPETRO" qo`shma korxona operatorining ish boshlashiga bag`ishlangan rasmiy marosimi bo`lib o`tdi.

2019 yil 1 dekabrda Janubiy Olamushuk konida neft qazib olinishini rasman «Andijanneft» AJ operatorligidan «ANDIJANPETRO» MChJ QK operatorligiga o`tkazilishi amalga oshirildi. 

«ANDIJANPETRO» yangi O`zbekiston-Rossiya qo`shma korxonasi «O`zbekneftgaz» AJ va «Zarubejneft» AJ (Rossiya) tomonidan  2019 yilning 16 martida tashkil qilingan.  

«ANDIJANPETRO» MChJ QK tomonidan O`zbekiston hududida amalga oshiriladigan vazifa – amaldagi neft konlari – Janubiy Olamushuk, Xartum va Sharqiy Xartumda qazilma ishlarini olib borishdan iborat. 

Rasmiy tadbir davomida «ANDIJANPETRO» MChJ QK ning Andijondagi ofisi bilan to`g`ridan to`g`ri ulanish amalga oshirildi, va uning mutaxassislari tele ko`prik yordamida tantanali marosimda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ldi. 

Toshkent va Andijondagi tadbir ishtirokchilarini "Zarubejneft" AJ Bosh direktori S.Kudryashov va O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirining o`rinbosari J. Mirzamaxmudov qutladi.

So`ngra hujjatlarni imzolash marosimi bo`lib o`tdi, unda «O`zbekneftgaz» AJ rahbari B.Sidiqov, «Zarubejneft» AJ rahbari O.Akimov, «ANDIJANPETRO» MChJ QK rahbari N.Sromyatnikov va «Andijanneft» AJ rahbari J.Bekmurodov ishtirok etdi. 

Janubiy Olamushuk konining o`zlashtirilishi tarixi 1944 yilga borib taqaladi. Yangi operator «ANDIJANPETRO» MChJ QK ning asosiy yondashuvi zamonaviy neft sanoati uskunalari va texnologiyalarini, shuningdek neft olishga doir innovasion usullarni qo`llashdan iborat.  

Yangi qo`shma korxona o`ziga ishonib topshirilgan hududlarda neft qazib olish darajasini 3 baravarga oshirishni mo`ljallamoqda. Bundan tashqari, yangi ish o`rinlarini yaratish, jalb qilingan mutaxassislarning professional darajasini oshirish jarayoni davom etmoqda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1