1

Bir qator viloyatlar elektr ta`minotidan uzildi

Jamiyat 07.12.2019, 18:41
Bir qator viloyatlar elektr ta`minotidan uzildi

6 dekabr kuni soat 20:32da «Talimarjon» issiqlik elektr stansiyasida 800 mVtli 1-energoblok texnologik himoya ishlashi sababli avariya holatda o`chdi. Bu haqda «O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmatiga ma`lum qildi.

Buning natijasida Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlarida avariyaga qarshi avtomatika tizimi orqali iste`molchilar vaqtincha tarmoqdan uzilgan.

Texnik holat tufayli yuz bergan nosozlikdan so`ng darhol energetika tizimidagi mavjud zaxira quvvatlarini ishga solish evaziga elektr ta`minotidan uzilgan iste`molchilarga kuchlanish berish choralari ko`rilgan.

Milliy dispetcherlik markaziga ma`lum qilingan xabarlarga ko`ra, ayni paytda «Talimarjon» IES energoblokining avariya holatida o`chish sabablari aniqlanib, ishga tushirish yuzasidan zarur choralar ko`rilmoqda.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1