1

Toshkentda 15 dekarbdan arzon oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi

Iqtisodiyot 08.12.2019, 17:35
Teglar: yarmarka, arzon
Toshkentda 15 dekarbdan arzon oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxt bozorlarida "O`zbekoziqovqatxolding"ning oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma`lum qilmoqda.

“Yangi yil arafasida iste`mol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshishi tufayli “olibsotarlar” tomonidan narxlarni sun`iy oshirib yuborishi holatlari uchrab turadi. Yana bir xavotirimiz ishlab chiqarish manbasi noma`lum bo`lgan, inson sog`ligiga xavf tug`diruvchi sifatsiz, kontrafakt va kontrabanda mahsulotlarning bozor rastalaridan joy olishi bilan bog`liq.

Mana shunday holatlarning oldini olish, Yangi yil arafasida poytaxtimizdagi iste`mol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlar narxining barqarorligi va xavfsizligini ta`minlash maqsadida 15 dekabrdan Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida “O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan oziq – ovqat mahsulotlari savdosi tashkil etiladi" - deyiladi xabarda.

Oziq-ovqat yarmarkalari poytaxtning eng yirik bozorlari bo`lmish Qo`yliq (Bektemir tumani), Sirg`ali (Sirg`ali tumani), Aviasozlar (Yashnobod tumani), Qora-Qamish (Olmazor tumani), Navro`z (Mirzo Ulug`bek tumani), Yunusobod (Yunusobod tumani), Beshyog`och bozori Qozrabot filiali (Chilonzor tumani), Askiya (Yakkasaroy tumani), Farxod (Uchtepa tumani), Eski jo`va (Shayxontoxur tumani), Mirobod ( Mirobod tumani) hamda Oloy (Yunusobod tumani) bozorlarida tashkil etilmoqda.

Ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va iste`mol uchun xavfsiz bo`lgan go`sht, sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, salqin ichimliklar barqaror narxda taqdim etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1