1

Monopoliyaga qarshi qo`mita yog`och-qirindili plitalar importini qisqartirishga e`tiroz bildirdi

Iqtisodiyot 08.12.2019, 18:08
Teglar: monopoliya, plita
Monopoliyaga qarshi qo`mita yog`och-qirindili plitalar importini qisqartirishga e`tiroz bildirdi

 Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yog`och-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, importni qisqartirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to`g`risida”gi №284-son qarori talablari asosida yagona elektron tizim orqali e`tirozlar bilan kelishilgan.

Berilgan xulosaga muvofiq, qaror loyihasining 3-bandida belgilangan aksiz solig`i miqdorining respublikada mavjud quvvatlar va xom-ashyo bazasini chuqur tahlil etgan holda asoslangan ravishda qabul qilish maqsadga muvofiqligi ko`rsatilgan.

Jumladan, 2017 yilda yog`och qirindili plitalar (DSP) bozori to`lganligi darajasi 25,6 foizni, 2018 yilda esa bu ko`rsatkich 16,7 foizni tashkil etganligidan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 apreldagi 297-sonli qarorida belgilangan prognoz ko`rsatkichlar bajarilishi, belgilangan loyihalar to`liq ishga tushirishi hamda yog`och qirindili plitalar (DSP) va ularning muqobil turlariga bo`lgan bozor talabini to`yintirish, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va import hajmlarini hisobga olgan holda, qaror loyihasi 3-bandini chiqarib tashlash taklif etilgan.

Bundan tashqari, qaror loyihasining 1-bandiga yog`och-qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga muayyan investision majburiyatlar va atrof-muhitga zarar etkazmaslik sharti asosida tabiiy qamishzorlar va qamishni qayta ishlash korxonasi tashkil qilinishi tavsiya etiladigan kichik sanoat zonalari hududidan er maydonlari ajratish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash yuzasidan o`zgartirish bo`yicha taklif kiritildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1