1

Internetdan “qochib ketadigan” joylar

Hi-tech 28.01.2015, 10:09
Internetdan “qochib ketadigan” joylar

Texnologiyalardan doimiy foydalanish qattiq stressga olib keladi. Oddiy bir misol, har bir kishi har 6,5 daqiqada mobil telefonidan xabar olib turadi. Bu bir kunda 150 marta degani. Qanchalik kulgili bo`lmasin, elektron pochtasi borlarning 59 foizi o`z pochtalarini hojatxonadaliklarida tekshirib ko`risharkan, 61 foiz amerikalik esa dam olishda ekanliklarida ishlaridan xabardor bo`lish maqsadida pochtalarini tekshirisharkan. Ammo sayyoramizda shunday joylar borki, ularda yashovchilar bunday mashmashalardan yiroqda, deb yozadi xabardor.uz

Amerika Samoasi

Zamonaviy asrimizda internet, sputnik telekanallar kirib bormagan birorta ham joy yo`q. Faqat Antarktida bundan mustasno. Aslida, u erga bunday narsalarning keragi ham yo`q. Hatto ummonlar ustida ham yuqorida sanab o`tganimiz, zamonaviy texnologiyalardan foydalansa bo`ladi. Ammo buni qarangki, ayrim davlatlarda buning aksini ko`rish mumkin ekan. Masalan, Amerika Samoasida. U Tinch okeanining janubiy qismida joylashgan mitti davlatdir. 2010 yil ma`lumotlariga ko`ra, bu erning aholisi 55 ming nafar kishini tashkil etadi. Mamlakatda internet xizmati judayam qimmat turadi. Sababi unga ulanish, bu erda oddiy ish emas. Mamlakatda ikkita mehmonxonani inobatga olmasa, internet nuqtalari deyarli yo`q. Ha, haqiqatda internetdan zerikkanlar uchun ajoyib joy. Moboda internetdan judayam foydalangiz kelib ketsa, qo`shni Savayi orolida internet kafe bor. Cho`ntagingizni qappaytirib boravering.

Illokkortoormiut

Grenlandiya — Er yuzidagi eng katta va aholi kam yashaydigan orol. 2 130 800 km² ga 57 ming nafar kishi to`g`ri keladi. Grenlandiyadagi birgina aholi punkti bu sharqiy sohilda joylashgan Illokkortoormiut hisoblanadi. Aholi baliqchilik, ayiq va kitlarni ovlash bilan kun kechiradi. Shahar maydonining kattaligi taxminan Angliya maydoni bilan tengdir. Bu erda har bir kishi hisobiga 388 kvadrat metr maydon to`g`ri keladi. Shaharcha internet kasaliga yuliqqanlar uchun ayni mos maskan hisoblanadi. Chunki bu erda internet umuman ishlamaydi.

Edinburg etti dengiz

Edinburg etti dengiz sivilizasiyadan “qochib ketish” uchun ajoyib joy hisoblanadi. Bu er Tristan-da-Kunya orolining shimoli-g`arbiy qismida joylashgan bo`lib, Buyuk Britaniya mulki hisoblanadi. U er yuzidagi eng qadimiy va shu bilan birga unutilgan orollaridan biridir. Eng yaqin qirg`oqqa (unga eng yaqin qirg`oq JAR sohillari) etib olish uchun ochiq dengizda 2 816 km. masofoni bosib o`tishga to`g`ri keladi. Vulqonli bu orolda mobil aloqa umuman ishlamaydi. Orolda yashovchi jami 259 kishi uchun birgina internet kafe ishlab turadi.

Yakutat

Alyaska shtatidagi YaKUTAT shahrida mobil telefonlar umuman ishlamaydi. Yakutat Alyaska sohillari bo`ylab joylashgan bo`lib, bir cheti Tinch okeani bilan tutashib ketadi. Sayyohlar himoyaga olingan tabiat manzaralridan istaganlaricha bahramand bo`lishlari mumkin, biroq bu quvonchlarini internet orqali do`stlari bilan bo`lisholmaydilar. Aytgancha, shahar sohilida syorfing uchishingiz ham mumkin. Muzlab qolmasangiz, albatta.

Sahroiy Kabir

Ko`plab rivojlanayotgan davlatlarda, xususan, Afrikada internetga kirish bevosita mobil aloqa sifatiga bog`liq. “Ikki yil muqaddam men Sahroiy Kabirda bo`lganimda internetga kirishga judayam qiynalganman, — deydi Grem-Kamming. — Tez-tez uzilib qolar, judayam sekin ishlardi. Lekin har qalay internetga kirsa bo`lardi”. Cho`lning Marokashga yaqin qismida mobil aloqadan va internetdan qisman foydalansa bo`ladi, ammo qolgan 8,6 mln km² qismida ular haqida batamom unutish lozim bo`ladi.

Shvarsvald

Germaniyadagi mashhur o`rmon hisoblanmish Shvarsvald o`zining ajoyib manzarasi bilan allaqachon sayyohlar tilida dostonga aylangan. Biroq bu erda hech qanday ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning imkoni yo`q. “Huffington Post”ning yozishicha trevel-bloger Sheril Xovard mahalliy aholiga ingliz tilini o`rgatish maqsadida Shvarsvaldga tashrif buyuradi va unga ma`lum bir muddat internetsiz yashagan hayoti judayam ma`qul bo`ladi.

Bay Xokou

Ko`pchilik sayohatsevar kishilarga xavfliligi bois Markaziy Afrika Respublikasiga borish tavsiya qilinmaydi. Ammo uning janubi-g`arbiy qismida joylashgan Dzanga-Sangxa maskani sarguzashttalab sayyohlar orasida anchayin mashhurlikka erishgan. Bu erdagi mahalliy tropik o`rmonlarda gorillalar, fillar, o`rmon buyvollari va boshqa yovvoyi hayvonlar yashaydi. Voha o`rtasida tadqiqot markazi hisoblanmish Bay Xokou lageri joylashgan. Yaqin-yaqingacha bu joy olimlarning tor doirasi tashrif buyuradigan makon hisoblanadi. Afsuski, bu erdagi mahalliy aholi bilan qurgan suhbatingiz mazmunini internet orqali do`stlaringizga ma`lum qila olmaysiz.

Grin-Benk

AQShning Virjiniya shtatidagi Grin-Benk shaharchasida na mobil telefon orqali ubu kimga qo`ng`iroq qila olasiz, na SMS yoza olasiz, na internetga kira olasiz va na Bluetooth-uzutgichdan foydalan olasiz. Chunki bu er milliy radio sokinlik zonasining bir qismi hisoblanadi. Gap shundaki shaharchada milliy radioastronomiya rasadxonasi joylashgan bo`lib, u erda o`rnatilgan parabola radioantenna dunyodagi eng katta radioantenna hisoblanadi. Uning diametri 100 metrni tashkil etadi. U radioto`lqinlarni, kometalarni, sayyoralarni, uzoq galaktikalarni o`rganish maqsadida o`rnatilgan. Shu bois bu erda mobil aloqa va internetdan foydalanib bo`lmaydi. Shaharchaning 143 aholisi bu imkoniyatdan mahrum etilgan. 

Balki kelajakda bu kabi hududlar soni kengayar. Masalan, Janubiy Amerikada, Yangi Gviniyada va Hindistonning ayrim hududlarida zamonaviy tamaddundan yiroq ana shunday maxsus hudadlar shakllantirilgan.

Shimoliy Koreya va yaqin Sharq

Qashshoq davlatlarda internetga kirishning umuman iloji yo`q, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining 31 foizi, rivojlangan davlatlarda esa 77 foizi internet xizmatidan foydalanadi. Shu sabab texnologiyadan qochish uchun jungli o`rmonlariga yoki shimoliy qutbga borish shart emas. 

“Biz Shimoliy Koreyada internetga kirish uchun uncha ko`p trafikka ega bo`lmadik, — deydi “CloudFlare” veb-trafik tarqatuvchi markazida ishlovchi Jon Grem-Kamming. — Bu holat Suriyada bo`lgan fuqarolar urushi davrida ham kuzatilgandi”. 

Xullas kalom, zamonaviy gadjetlar va ijtimoiy tarmoqlardan qutulishni xohlasangiz Pxenyanga yoki yaqin Sharqning qaynoq bir nuqtasiga bilet olishingiz mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1