Sevimli

Prezident yangi tahrirdagi Vazirlar Mahkamasi to`g`risidagi qonunini imzoladi

Siyosat 12.12.2019, 11:30
Teglar: Vazirlar Mahkamasi, qonun
Prezident yangi tahrirdagi Vazirlar Mahkamasi to`g`risidagi qonunini  imzoladi

Yangi tahrirdagi "Vazirlar Mahkamasi to`g`risida"gi Qonunida Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy, moliyaviy, pul-kredit, investisiya, ijtimoiy, madaniy-gumanitar, ta`lim, ilm-fan, sog`liqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalardagi vakolatlari aniq belgilandi.

Shuningdek, Qonunga Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusi huquqi, ushbu huquqni amalga oshirish tartibi alohida modda sifatida kiritildi.

Qonun bilan Vazirlar Mahkamasiga masalalarni kiritish va ko`rib chiqish tartibi belgilab berildi.

Vazirlar Mahkamasining O`zbekiston Prezidenti va Administrasiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligi masalalariga oid normalar kiritildi.

Shu bilan birga, Qonunga Vazirlar Mahkamasi faoliyatining ochiqligi va shaffofligiga oid alohida bob kiritildi.

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi

Sharhlar

Vazirlar Mahkamasida tayinlov amalga oshirildi

24.06.2022, 20:22

Shaxobiddin Sharafiddinovich Musaev Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikasiyalar masalalari kotibiyati mudirining o`rinbosari — Turizm, madaniyat va san`atni rivojlantirish masalalari shu`basi mudiri etib tayinlandi....
Qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi joriy etilmoqda

13.11.2021, 14:28

«Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida»gi Qonuni normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy sharhini nazarda tutadi.Konstitusiya va qonunlari normalariga rasmiy sharh Konstitusiyaviy sud tomonidan beriladi.Biroq, amaldagi qonunchilikda qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh...
Karantin qoidalariga rioya etmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan Qonun ma`qullandi

25.03.2020, 17:49

AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Bosh prokuror o`rinbosari Erkin Yo`ldoshev ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda karantin talablarini buzganlik uchun belgilangan yangi chora-tadbirlar haqida bayonot berildi.Bayonotdan parcha:—...
Vazirlar Mahkamasi nomini sotgan soxta boshliq qo`lga tushdi

05.02.2020, 14:20

Muqaddam bir necha marotaba sudlangan, vaqtincha ishsiz 52 yoshli andijonlik sudlanuvchi xavfli residivist bo`la turib, o`zganing mulkini osongina qo`lga kiritish payiga tushadi...Maqsadini amalga oshirish uchun...