Indiegogo jamoaviy mablag` bilan ta`minlash servisida yangi Bluetooth-garnituraga kerakli mablag`ni yig`uvchi kompaniya ishga tushdi. Bu haqda kun.uz nashri xabar beradi.
Qurilma Bluewire deb nom olgan bo`lib, u avtomatik ravishda foydalanuvchining suhbatini o`zining 16 GBli xotirasiga yozib oladi.
Yozib olingan suhbatlarni iOS yoki Android’ga kerakli ilovani o`rnatish orqali eshitish, telefon, kompyuter yoki planshetning xotirasiga ko`chirib olish mumkin. Qurilmaning narxi 180 dollar.





