AsosiyHi-tech

O`zbekistonda 64 belgidan iborat domen ro`yxatdan o`tkazildi

2015 yil 28 yanvar kuni Nukus shahrida joylashgan «Regname.uz» registratori samoe-dlinnoe-domennoe-imya-v-uznete-zaregistrirovano-v-regname.uz deb nomlangan g`alati domenni ro`yxatdan o`tkazdi, deb xabar bermoqda «12news.uz».

«Blog.index.uz» ma`lumotlariga ko`ra, 64 belgidan iborat ushbu domenning egasi, aniqrog`i ijarachisi Qoraqalpog`iston Respublikasida yashovchi Azizbekdir.

«Qiziq, ushbu manzilda qanday sayt ochilar ekan? Bunday nom tanlashga nima turtki bo`ldi ekan? (Hozirda domen «Regname.uz» registratori saytiga qayta yo`naltirmoqda). Agar bu piar yurish bo`lsa, buni uddalashdi: axir biz ular haqida yozdik», − deb qayd etdi internet-nashr.

    Boshqa yangiliklar