1

E-SUD elektron sudlov tizimi o`zini qay darajada oqlayapti? (Foto)

Jamiyat 17.12.2019, 16:01
E-SUD elektron sudlov tizimi o`zini qay darajada oqlayapti? (Foto)

2019 yilning o`tgan 9 oyi davomida E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi orqali jami 84 966 ta sud buyrug`ini chiqarish to`g`risida hamda 166 880 ta da`vo arizalari elektron ravishda sudlarga kelib tushdi.

Bugunga kelib tizimining tashqi foydalanuvchilar soni deyarli 22 ming nafarni tashkil etadi. Shu jumladan 3082 ta – yuridik shaxslar, 17726 ta – jismoniy shaxslar, 711 ta – advokatlar.

Tizimdan foydalanishni yanada jadallashtirish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida sudyalar, sud xodimlari va advokatlar uchun maxsus treninglar o`tkazildi. Mana shunday o`quv mashg`ulotlarning yakuniysi Toshkent shahrida bo`lib o`tdi.

Prezidentimiz rahnamoligida ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5ta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda sud-huquq sohasiga oid tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Asosiy maqsad – fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta`minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishdan iborat.

Odil sudlov samaradorligini oshirish maqsadida sud tizimiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari joriy etilayotgani sohada ochiqlikni ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi doirasida ishlab chiqilib, sudlar amaliyotiga joriy etilgan E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi fuqarolik ishlarini sudlarda ko`rib chiqish muddatlarini qisqartirish, sud xabarnomalari va hujjatlarini taraflarga etkazish mexanizmlarini takomillashtirish, bu borada sansalorlik, byurokratizmga yo`l qo`ymaslik kabi maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda ushbu tizimga respublikamizdagi barcha fuqarolik ishlari bo`yicha viloyat, tumanlalaro, tuman (shahar) sudlari ulangan bo`lib, ushbu sudlarda jismoniy va yuridik shaxslarning sud buyrug`ini berish to`g`risidagi arizalarini va da`vo arizalarini to`liq elektron ravishda qabul qilish va ko`rib chiqish yo`lga qo`yilgan.

E`tiborlisi, joriy yil 29 apreldan 2 mayiga qadar Gollandiyaning Gaaga shahrida bo`lib o`tgan VI butundunyo odil sudlov forumi doirasidagi “Butundunyo odil sudlov da`vati – 2019: odil sudlovga erishish” tanlovining 30 ta final bosqichi ishtirokchilari safida E-SUD tizimi ham kiritildi.

Bugun, 17 dekabrda interfaol shaklda o`tkazilgan treningda bugungi kungacha erishilgan natijalar muhokama qilinishi bilan birga, tizim doirasida yangi modul va xizmat turlarini joriy etish, uni boshqa axborot tizimlari va manbalari bilan integrasiya qilish masalalari ham tahliliy ko`rib chiqildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha taklif va tashabbuslar yuzasidan fikr almashinilib, bu borada amalga oshirilishi kerak bo`lgan chora-tadbirlar belgilandi hamda o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1