1

Eng g`aroyib ko`rinishdagi fleshkalar haqida hamma narsa

Hi-tech 06.02.2015, 14:34
Eng g`aroyib ko`rinishdagi fleshkalar haqida hamma narsa

USB moslamasi uchun ilk bor 1999 yili AQShda patent olingan. 2000 yili esa USB moslamasi (flesh-to`plagich) IBM kompaniyasi Isroilda faoliyat yurituvchi M-Systems kompaniyasi bilan hamkorlikda muxandis Dova Moran boshchiligidagi Amir Ban va Oran Ogdanlar yordamida kichik ko`rinishdagi, o`sha vaqtda M-Systems DiskOnKey deb nomlangan USB moslamalarini ishlab chiqarishni boshlagan.

Ayni USB moslamalar ishlab chiqarish avvalida 8 Mbayt xotiraga ega bo`lgan. O`sha vaqtlarda bu CD hamda RW CD disklar xotirasidan 5 barobar ko`proq edi. Ilk USB moslamaning narxi 49 AQSh dollarini tashkil etgan.

Har bir narsaning foydali va yutug`i va kamchiligi bo`lgani kabi, ushbu  USB moslamalarda ham ayni jihatga ahamiyat qaratish lozim.

USB moslamalarning afzalliklari:

  • USB moslamalar universal texnik vosita sanaladi. Sababi ularni kompyuter, noutbuk, netbuk, planshet, telefon, DVD uskunasi, audio moslamalar, avtomobil kabi ko`plab bizga kerakli bo`lgan texnik vositalarga ulash va bizga kerakli ma`lumotni olish imkoniyati mavjud.
  • Hamjimining kichikligi, uni olib yurishdagi qulaylikni beradi.
  • Garchi hajmi kichik bo`lsada, bugungi kunda 1, 2, 4, 8, 16, 32 MB xotiraga ega bo`lgan fleshkalar mavjud.
  • Yuqori bosim, yuqori issiqlik darajasi, sovuq unga ta`sir qilolmaydi. Ya`ni USB moslama ichidagi ma`lumot saqlanadi.
  • Shovqinsiz ishlashi ham uning katta afzalliklaridan biri deyish to`g`ri bo`ladi. Chunki ish vaqtida shovqin chiqarishi noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin bo`lardi.
  • Elektr energiya manbaining juda kam miqdorda sarf qilishi. Aytish lozimki, uni ishlatish uchun 100 mAs kerak bo`ladi xolos.
  • Uzoq muddat davomida unda turli ma`lumotlarni saqlash, yozish, o`chirish, ko`chirish imkoniyati mavjud bo`ladi. (5 yil)

USB moslamalarning kachiliklari:

  • Odatda USB moslamaning porti faqat bir tomonlama texnik vositaga tiqilishi lozim bo`ladi. Aksariyat holatlarda aynan mana shu tufayli ham USB moslama buziladi yoki ishdan chiqadi.
  • Radiasiyaga sezuvchanligi baland.
  • Suvga tushib ketgan yoki nam joyda qolgan taqdirda USB moslama buzilishi aniq.

Ko`rib turganingizdek USB moslamalarning afzalliklari uning kamchiliklaridan ko`ra ko`proq. Bundan tashqari texnika rivojlanayotgan bir vaqtda ularning hayotimiz va ishimiz unumidagi o`rni nihoyatda beqiyos. Ma`lumotlar so`ngida USB moslamaning uzoq muddat sizga xizmat qilishi uchun yana bir maslahatni berib o`tishni lozim deb topdik. Bu ham bo`lsa ichiga ma`lumot yozilgan yoki ko`chirib olingan USB moslamani birdaniga kompyuter, noutbuk umuman texnik vositadan sug`uribolishga shoshilmang. USB moslama mahsus tugma orqali texnik vositadan uzilishi, faqat shundan so`nggina texnik vositasidan sug`urilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.

E`tiboringizga bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan g`aroyib ko`rinishdagi USB moslamalar ketma-ketligini havola etamiz.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1