1

Janubiy Koreyada robot-changyutgich o`z egasiga hujum qildi

Hi-tech 07.02.2015, 12:23
Janubiy Koreyada robot-changyutgich o`z egasiga hujum qildi

Janubiy Koreyada yashovchi ayol o`zining changyutgich roboti tomonidan hujumga uchradi, deb xabar bermoqda daryo.uz «Rossiyskaya gazeta»ga asoslanib.

Qayd etilishicha, 52 yoshli ayol polda yotib dam olayotganida changyutgich uning uyida tozalash ishlarini bajarayotgan bo`lgan. Bunday qurilmalar kichik chiqindilarni olish uchun pastki qismida joylashgan kichik aylanuvchi moslamalardan foydalanadi. Aynan shu moslama ayolning sochlarini tutib, changyutgich ichiga tortgani taxmin qilinmoqda.

Jabrlanuvchi uyda yolg`iz bo`lgan, yon-atrofda yordam beradigan hech kim bo`lmagan. Telefongacha etib olgan ayol qutqaruv xizmatini chaqirgan. Voqea joyiga etib kelgan o`t o`chiruvchilar ko`plab jiddiy jarohatlar olgan ayolni qutqarib olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1