AsosiyIqtisodiyot

2020 yil 10 yanvarda o`tkaziladigan auksion savdolarida milliy valyutadagi Markaziy bank obligasiyalari joylashtiriladi

'2020 yil 10 yanvarda o`tkaziladigan auksion savdolarida milliy valyutadagi Markaziy bank obligasiyalari joylashtiriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2020 yil 10 yanvarda “O`zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O`zRVB)ning savdo tizimida Markaziy bank obligasiyalarini quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e`lon qiladi. 

 

Joylashtirish usuli: O`zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.

 

Emitent – O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki.

Auksionda joylashtiriladigan obligasiyalar rekvizitlari:

Obligasiya turi: Markaziy bank obligasiyalari;

identifikasion raqam: 22001CBUSS;

bir dona obligasiyaning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so`m;

joylashtirish sanasi: 2020 yil 10 yanvar;

chiqarilish hajmi: 250 000 000 000 (ikki yuz ellik milliard) so`m;

muomala davri: 180 kun;

obligasiyalarning so`ndirish sanasi: 2020 yil 10 iyul;

foiz stavkasi: yillik 16%;

kupon davri: 3 oy.

 

Kupon to`lovlarini amalga oshirish sanalari:

birinchi davr: 2020 yil 10 aprel;

ikkinchi davr: 2020 yil 10 iyul;

 

Auksion o`tkazish shartlari:

arizalarni qabul qilish vaqti: 09:30 – 11:30;

arizalarni qondirish vaqti: 15:00 – 16:00;

to`lov valyutasi: so`m;

auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;

bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.

    Boshqa yangiliklar