1

Aholining banklardagi omonatlari 31 foizga ko`payib 20,6 trln. so`mga etdi

Iqtisodiyot 09.01.2020, 12:29
Aholining banklardagi omonatlari 31 foizga ko`payib 20,6 trln. so`mga etdi

Markaziy bankning 2019 yil yakunlari bo`yicha pul-kredit siyosati ko`rsatkichlari to`g`risida dastlabki ma`lumotlarida aholi omonatlarining umumiy depozitlardagi ulushi to`g`risida ma`lumot taqdim etildi. 

Qayd etilishcha, 2019 yil davomida pul massasi tarkibida ijobiy o`zgarishlar kuzatilgan. Xususan: milliy valyutadagi jami muddatli depozitlar hajmi 43 foizga, jumladan, aholi omonatlari hajmi 54 foizga oshgan. Muomaladagi naqd pullar miqdorining o`sish sur`ati umumiy pul massasi o`sishiga nisbatan past bo`lib, 9,4 foizni tashkil etgan. Natijada umumiy pul massasidagi naqd pullar ulushi 2019 yil davomida 27,6 foizdan 26,6 foizgacha pasaygan. Aholi omonatlarining umumiy depozitlardagi ulushi 25 foizdan 31 foizgacha ko`payib, ularning hajmi 20,6 trln. so`mga etgan.

Mazkur tendensiya aholining bank tizimiga bo`lgan ishonchi asta-sekinlik bilan ortib borayotganligidan hamda pul-kredit siyosati choralarining  iqtisodiyotdagi jamg`arish faolligiga ijobiy ta`sir ko`rsatayotganligidan darak beradi, deyiladi Markaziy bank hisobotida.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1