Italiyaning Bergamo shahrida tennis bo`yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to`r bahslari davom etmoqda. Mukofot jamg`armasi 42 ming 500 evroni tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz Farrux Do`stov yurtimiz sport sharafini himoya qilyapti.
Bir necha soat avval mamlakatimizning ikkinchi raketkasi yakkalikning ikkinchi davrasi doirasida o`tkazilgan uchrashuvini g`alaba bilan yakunladi. Do`stov belgiyalik Maksim Automni 7:6(7:0), 6:3 hisobida taslim etib, chorak finalga chiqdi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar bermoqda.
Taqqoslash uchun belgiyalik tennischi dunyo reytingida 196-pog`onadan joy olgan bo`lsa, hamyurtimiz 118-o`rinni egallab turibdi. Birozdan so`ng Farrux Do`stovning chorak finaldagi raqibi ma`lum bo`ladi.





