AsosiyJamiyat

Andijonda yong`in natijasida bir yoshli go`dak vafot etdi

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 170 ta yong`inlar qayd etilgan.
Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 2 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 4 nafar fuqaro halok bo`lgan. Ushbu yong`inlarda 1 mlrd. 243 mln. 889 ming 228 so`mdan ortiq qurilish materiallari va 1 mlrd. 75 mln. 744 ming 669 so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan, deya xabar beradi Ichki ishlar vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Namangan viloyati Namangan tumanida yashagan K.Sarimsakovning uyida yong`in sodir bo`lib, uyning 40 kv. metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`inni o`chirish vaqtida uy egasini kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong`inni kelib chiqish sabablari o`rganilganda uy egasi K.Sarimsakov sigareta chekib, uyquga ketganida qo`lidagi o`chirilmagan sigareta cho`g`ining to`shakka tushishi natijasida sodir bo`lganligi ma`lum bo`ldi.

Andijon viloyati Oltinko`l tumanida yashovchi M.Rashidovning uyida qo`lbola isitish pechini nazoratsiz holda qoldirilishi va undan ko`mir cho`g`ining gilamga tushishi oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 60 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`in natijasida uy egasining 1 yoshli nabirasi tutundan dimiqqan holda onasi tomonidan shifoxonaga olib borilib, birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramay vafot etgan.

Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq tumanida yashovchi U.Nurullaevning uyida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`ldi. Natijada uyning 150 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda 1 tonna somoni yonib zararlangan. 

    Boshqa yangiliklar