Shunday tavsiyanomalar Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurtida muddatli harbiy xizmatni o`tab bo`lgan yigitlarga topshirildi.
Mazkur hujjatga muvofiq, harbiy qismlarning tegishli tavsiyanomasiga ega bo`lgan fuqarolarga barcha yo`nalish va mutaxassisliklar bo`yicha mamlakatimizdagi oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirishda to`plash mumkin bo`lgan eng yuqori ballning 27 foizi miqdorida qo`shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi, deya xabar beradi uz24.uz nashri O`zA ma`lumotlari asosida.





