AsosiyJamiyat

Bugun Surxondaryo hokimi viloyatdan kelib poytaxtda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashmoqda

'Bugun Surxondaryo hokimi viloyatdan kelib poytaxtda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashmoqda'ning rasmi

Bugun, 26 yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov Toshkent shahrida tahsil olayotgan surxondaryolik talaba-yoshlar bilan uchrashmoqda.  

Viloyat hokimligining Axborot xizmatining xabariga ko`ra, "Hokim va yoshlar" loyihasi doirasida bugun kun davomida yoshlar ishtirokida qator tadbirlar o`tkaziladi. Tadbirlar tafsiloti bilan tanishtirib boramiz.

Eslatib o`tamiz, 22 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev Toshkent shahrida ilm-fan, adabiyot, ijod, jurnalistika, blogerlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan bir guruh qashqadaryoliklar bilan uchrashgan edi.

    Boshqa yangiliklar