1

To`lov o`z vaqtida to`lanmasa, qanday chora qo`llanadi?

Savol-javob 31.01.2020, 12:51
To`lov o`z vaqtida to`lanmasa, qanday chora qo`llanadi?

— Bir yil avval mas`uliyati cheklangan jamiyat bilan shartnoma tuzgandim. Shartnomaga asosan xususiy korxonam tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni etkazib berganmiz. Olib ketilgan mahsulot uchun qisman avans to`lab berilgan. Qolgan pul mahsulot olib ketilganidan keyin 10 kun muddatda to`lanishi kerak edi. Endi to`lovni paysalga solishyapti. Bu holatda qanday yo`l tutsam bo`ladi?

Sh.Ziyodullaev, Buxoro viloyati Qorako`l tumani

Aziz SAFAROV, Buxoro viloyat Romitan tumanlararo iqtisodiy sudi raisi: 

— Siz IPKning 149-moddasi talablariga rioya qilgan holda sudga da`vo arizasi bilan murojaat qilishingiz lozim. Da`vo arizasida ariza berilayotgan sudning va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi, da`voning bahosi, da`vo talablariga asos bo`lgan holatlar, da`vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar, undirilayotgan yoki nizolashilayotgan mablag`ning hisob-kitobi (bandda so`ralayotgan asosiy qarzdorlik qaerdan kelib chiqqanligi, penyaning hisob-kitobi qaysi tartibda amalga oshirilganligi to`liq ko`rsatilishi shart), da`vogarning qonun hujjatlariga asoslab keltirgan talablari ko`rsatilgan bo`lishi lozim.

Da`vo bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar, javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talab- noma yuborish) tartibiga rioya etilgani to`g`risidagi ma`lumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo`lsa, ilova qilinayotgan hujjatlarning ro`yxati ko`rsatilgan bo`lishi kerak.

Iqtisodiy prosessual kodeksning 151-moddasiga asosan da`vo arizasiga ariza berilayotgan iqtisodiy sudning tegishli hisob raqamlariga davlat boji va pochta xarajatlari to`langanini tasdiqlovchi to`lov topshiriqnomalari, da`vo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalarini javobgarga tasdiqlovchi pochta hujjati, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo`lsa, nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganini tasdiqlovchi hujjatlar, da`vo talablariga asos bo`lgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar, da`vogarning yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tganligini tasdiqlovchi hujjatlar hamda da`vo arizasi vakil tomonidan imzolangan bo`lsa, da`vo arizasini imzolash vakolatini beruvchi hujjatlarilova qilinishi lozim.

Iqtisodiy prosessual kodeksi (IPK)ning 33-moddasiga asosan yuridik shaxslarga nisbatan da`volar ular davlat ro`yxatidan o`tgan joydagi sudga taqdim qilinadi. Agar javobgar yoki siz murojaat qilayotgan iqtisodiy sud boshqa viloyat (hudud)da joylashgan bo`lsa, sudga iqtisodiy ishni IPKning 165-moddasiga asosan videokonferens aloqa rejimida o`tkazish to`g`risida iltimosnoma kiritishingiz mumkin.

Sizning holatingizda, agar haqiqatdan ham mahsulotni etkazib berganingiz sudda o`z tasdig`ini topadigan bo`lsa, sud etkazib berilgan mahsulot uchun to`lanishi lozim bo`lgan summani undirib beradi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1