Afg`onistonda xizmat qilganga er-mulk solig`idan imtiyoz bormi?

Savol-javob 31.01.2020, 13:01
Afg`onistonda xizmat qilganga er-mulk solig`idan imtiyoz bormi?

— Ukam Afg`onistonda xizmat qilgan, guvohnomasi bor. Unga ham mol-mulk, er solig`idan imtiyozlar bormi? 

Baxtiyor OTAJONOV, Xorazm viloyati Gurland tumani

Dildora HAShIMOVA, Davlat soliq qo`mitasi katta inspektori:

— Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va er soliqlaridan imtiyoz Soliq kodeksining 421 va 436-moddalariga muvofiq, urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslarga beriladi. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisi) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo`limining yoxud boshqa vakolatli organning ma`lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchi) esa nogironning (qatnashchi) imtiyozlarga bo`lgan huquqi to`g`risidagi guvohnoma asosida beriladi.

Belgilangan soliq imtiyoz yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo`jaligini yuritish uchun berilgan er uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishni amalga oshiruvchi organda ro`yxatdan o`tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to`lovchining tanlovi bo`yicha faqat bitta er uchastkasiga berilishi mumkin. Yuqoridagilarga asosan afg`on urushi qatnashchisi egaligidagi mol-mulki va er uchastkasi uchun soliq imtiyozga ega bo`ladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1