1

Hukumatning parlamentdagi vakolatli vakili tayinlandi

Siyosat 03.02.2020, 09:56
Hukumatning parlamentdagi vakolatli vakili tayinlandi

Hukumat qarori bilan Ma`rufjon Mamatojievich Tajiboev Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy Axborot” kanali xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, vakolatli vakil:

• Oliy Majlis palatalarida ko`rib chiqiladigan qonun loyihalarini, boshqa hujjatlarni tayyorlash borasida Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo`linmalarining, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining yaqin hamkorligini ta`minlaydi;

• Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalari bilan qonun ijodkorligi faoliyatidagi hamkorligini tashkil etadi;

• Oliy Majlis palatalari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi vakillarining ishtirok etishiga ko`maklashadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1