1

Hech qanday hujjatsiz erni tortib olish mumkinmi?

Savol-javob 10.02.2020, 13:26
Hech qanday hujjatsiz erni tortib olish mumkinmi?

— Akam bilan birgalikda 2008 yil 16 aprelda Piskent tumani hokimining 135 va 136-sonli qaroriga asosan Piskent fermerlar uyushmasi hududidagi sobiq ferma o`rnidagi qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan davlat zaxira erlari – tashlandiq axlatxona, suv chiqmaydigan eridan har birimizga 0,35 sotix umumiy 70 sotix er berilgan. Ushbu tashlandiq er maydonini olish, dehqon xo`jaligini yaratish uchun bir necha yillar tashkilotlarga murojaat qildim, najot bo`lmadi. Birinchi Prezidentimizga xat bilan murojaat qilganimizdan so`ng bizga 2008 yil 16 aprelda Piskent tuman hokimligi tomonidan er maydoni ajratildi. 2019 yil 8 iyunda Toshkent shahridan o`zini “Easy Tech” mas`uliyati cheklangan jamiyatining rahbari tadbirkor va yonida ikki sherigi “Toshkentda kadastrda ishlaymiz”, deb hech kimni ogohlantirmay, qo`lida hech qanday hujjatsiz Piskent tumani hokimini buyrug`i asosida “bu er endi meniki, bu erni olish uchun men 6 oydan beri harakat qilib yuribman”, dedi. Qonuniy asosdagi bog`imni o`sha “tadbirkor” hech qanday hujjatsiz noqonuniy yo`l bilan tortib olmoqchi. Ba`zi mas`ullar Piskent tumani Davlat soliq inspeksiyasi zalida meni tik turg`izib qo`yib, erimni ixtiyoriy ravishda ariza yozib, davlat zahira erlariga topshirishimni talab qilishyapti. Shu yuzasidan amaliy yordam berishingizni so`rayman.

Aziz Mirsoatov, Toshkent viloyati Piskent tumani

ER MAYDONLARI O`Z IXTIYoRIGA QAYTARIB BERILDI

M.RUZMETOV, Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari:

— Ushbu holat bo`yicha Piskent tumani hokimining 2019 yil 5 noyabrdagi 4810­sonli tuman hokimining 2019 yil 13 maydagi “Binovatik Agro” mas`uliyati cheklangan jamiyati qo`shma korxonasiga ilmiy injiniring Markazi qurilishi uchun er ajratish to`g`risidagi 1082­sonli qarorini muvofiqlashtirish to`g`risi­ dagi Piskent tumani prokuraturasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 11­10­19­sonli protestiga asosan 0,08 gektar er maydoni “Mirsoatov Aziz” dehqon xo`jaligiga qaytarib berilishi belgilangani to`g`risidagi qaror qabul qilingan.

Ayni shu holat yuzasidan Toshkent viloyati er resurslari va dav­ lat kadastri boshqarma boshlig`i A.Alimovning qo`shimcha ma`lumoti­ ga ko`ra, Piskent tumani hokimining 2019 yil 5 noyabrdagi 4811­sonli tuman hokimining 2019 yil 13 maydagi “Easy Tech” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga issiqxona qurilishi uchun er maydoni ajratish to`g`risidagi 1083­sonli qarorini bekor qilish to`g`risidagi qarori qabul qilingan. Bugungi kunda “Mirsoatov Aziz” dehqon xo`jaligining er maydonlari o`z ixtiyoriga qaytarib berilgan. 

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1