AsosiyIqtisodiyot

QQS to`lash muddati 120 kungacha kechiktirilishi mumkin

'QQS to`lash muddati 120 kungacha kechiktirilishi mumkin'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida "Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilar uchun qo`shilgan qiymat solig`ini to`lash muddatini uzaytirish tartibi to`g`risida"gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Yangi hujjatga muvofiq, qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchisi bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar endi tovarlarni olib kirishda, shuningdek, ishlar (xizmatlar)ni import qilishda qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha imtiyoz o`rniga 120 kungacha bo`lgan muddatga qo`shilgan qiymat solig`i to`lashni kechiktirish mexanizmlaridan foydalanishi mumkin. 

Bunda QQS to`lov muddatini uzaytirish imkoniyati davlat bojxona xizmati organining qarori bilan beriladi. Buning uchun soliq to`lovchilar bojxona xizmati organiga ariza, QQS ta`minlanishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etiladilar. Shundan so`ng besh ish kuni mobaynida murojaatni qanoatlantirish yoki rad etish to`g`risida qaror qabul qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar