1

Pirnaxos mahallasidagilar mas`ullardan qaytadan QVP tashkil qilib berishni so`rashmoqda...

Savol-javob 20.02.2020, 17:44
Pirnaxos mahallasidagilar mas`ullardan qaytadan QVP tashkil qilib berishni so`rashmoqda...

— Mahallamiz Xiva shahar va tuman markazidan 7-8 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mahallamizda 7 ming aholi yashaydi. 2005 yil yanvardan mahallamizda qishloq vrachlik punkti tashkil qilingan va 22 nafar xodim ishlardi. Negadir 2017 yil aprelda Xiva tuman tibbiyot birlashmasining buyrug`iga binoan “Pirnaxos” mahallasi QVP o`z faoliyatini tugatdi. Bunga sabab qilib, bu erda bemorlarni qabul qilish imkoniyati yo`qligi va QVPlarni markazlashtirilishi ko`rsatilgan edi. “Pishkanik” mahallasi hududiga ko`chirilgan QVP yana vaqtincha “Pirnaxos” mahallasiga keltirildi. Chunki “Pishkanik” mahallasidagi  QVPta`mirlanayotgan ekan Demak, mahalla ahliga xizmat ko`rsatishga yaramayotgan QVP yana yaroqli bo`lib qolibdi-da?! Ayni paytda esa QVP “Pishkanik” mahallasida faoliyat ko`rsatmoqda. Natijada, ikkita transport qilib 14 kilometr yo`l yurib borishimizga majbur bo`lyapmiz. Bir necha bor mahalla va tuman rahbarlariga murojaat qildik, ammo foydasi bo`lmadi. Mahallamizda qaytadan QVP tashkil qilinishida amaliy ko`mak berishingizni so`raymiz.

Xiva tumani Pirnaxos mahallasi fuqarolari 

                                                                             “TAKLIF BERILGAN”

K.TANGRIBERDIEV, Sog`liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig`i:

— Mazkur murojaat joyida o`rganib chiqildi. Mahalla fuqarolariga Prezidenti- mizning 2017 yil 29 martdagi PQ-2857-sonli “O`zbekiston Respub- likasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq Xiva tumanida mavjud 15 ta qishloq vrachlik punktidan maqbullashtirish natijasida 6 ta qishloq oilaviy poliklinika (QOP), 2 ta qishloq vrachlik punkti (QVP), 5 tasi shifokorlar uchun uy-joy, 3 tasi tez tibbiy yordam tayanch punktlari sifatida qoldirilganligi tushuntirildi. Xiva tumani Chinobod qishlog`i “Pirnaxos” mahallasi aholisining fikrlarini va mahalladan 41-son oilaviy poliklinikagacha bo`lgan masofa uzoqligini inobatga olib, 2019 yilning iyunida oldingi “Pirnaxos” qishloq vrachlik punktini 41-son oilaviy poliklinika filiali sifatida tashkil etish taklifi berilgan. Hozirgi kunda ushbu taklif Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ko`rib chiqilmoqda. Bu haqda “Pirnaxos” mahallasi aholisiga ma`lumot berildi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1