Bugun, 17 mart kuni “O`zbeknavo” estrada birlashmasi matbuot xizmati xonanda Shohjahon Jo`raevning lisenziyasi to`xtatilganligi haqida ma`lum qildi.
Xabarda yozilishicha, xonanda tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi Qarori hamda lisenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlar buzilgan. Shu sababli 2015 yil 6 yanvar kuni berilgan AA-1747-sonli lisenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 22-24 moddalari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asosan, 2015 yil 17 martdan to`xtatilgan.
“O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari talabini bajarish har bir xonanda va san`atkorning burchidir”, deyiladi xabarda.