1

Boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini olish uchun qanday hujjatlar kerak?

Savol-javob 03.03.2020, 16:06
Boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini olish uchun qanday hujjatlar kerak?

— Boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini olmoqchi edim. Buning uchun kerakli hujjatlar ro`yxati bilan tanishtirsangiz, iltimos...

Anbarali Akramov, Farg`ona viloyati Quvasoy tumani

Farrux SULAYMONOV, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi apparat bo`lim boshlig`i o`rinbosari: 

— Boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini tayinlashni so`rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

► Pensiya tayinlanayotgan shaxsning pasporti;

► Oila a`zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh to`g`risidagi guvohnoma...);

► Vafot etganlik to`g`risidagi guvohnoma nusxasi; 

► Vafot etgan boquvchining ish stajini tasdiqlaydigan hujjat (mehnat daftarchasi...);

► Vafot etgan boquvchining ish haqi to`g`risidagi ma`lumotnoma.

Bulardan tashqari, zarur hollarda boshqa hujjatlar talab etilishi mumkin.

Misol uchun:

► Oila a`zolari 16-18 yoshdagi o`quvchilar hisob­lanishi to`g`risidagi ma`lumotnomasi;

► Tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatni, partizan otryadlari va qo`shilmalarda bo`lganlikni, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilganlikni tasdiqlaydigan ma`lumotnoma; 

► Oliy ta`lim muassasalarida, aspiranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada kunduzgi o`qishni tasdiqlaydigan diplom yoki ma`lumotnoma va boshqalar..

Tahririyat: Fuqaroni qiziqtirgan masalada ham talab qilinadigan hujjatlar sonini qisqartirish vaqti kelmadimikan-a?

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1