1

Markaziy Bank raisi koronavirusning O`zbekiston iqtisodiyotiga ta`siri haqida gapirdi

Iqtisodiyot 05.03.2020, 20:32
Markaziy Bank raisi koronavirusning O`zbekiston iqtisodiyotiga ta`siri haqida gapirdi

Avval xabar qilinganidek, bugun Markaziy bankning asosiy stavkani ko`rib chiqish bo`yicha o`tkazilgan yig`ilishida yillik stavka 16 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldi.

Shu va yana bir qator o`zgarishlar haqida Markaziy bankning matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

– Hammamizga ma`lumki butun dunyoda keng tarqalayotgan koronavirus bilan bog`liq vaziyat jahon iqtisodiyotiga turli darajada ta`sir ko`rsatishi kutilmoqda, – dedi Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov. – Xalqaro moliya institutlari xulosalariga ko`ra, jahon iqtisodiy o`sish sur`atlarining pasayishi, tashqi talab va savdo hajmining qisqarishi hamda ushbu vaziyat bilan bog`liq noaniqliklarning 2020 yilning ikkinchi choragida ham saqlanib qolishi kutilmoqda.

O`zbekiston tashqi iqtisodiy munosabatlarda ochiq va savdo aloqalari bilan xorijiy mamlakatlar bilan uzviy bog`langan davlat.

Yuzaga kelgan vaziyatning iqtisodiyotimizga ham ma`lum darajada ta`siri bo`lishi mumkin. Bu avvalo tashqi iqtisodiy faoliyat ko`rsatkichlarimizda o`z aksini topadi.

Xitoy va koronavirus tarqalayotgan boshqa davlatlardan import tovarlari kirib kelishining sekinlashishi, transport aloqalarining kamayishi va inson resurslari harakatining cheklanishi ichki narxlarga ma`lum bir darajada ta`sir qilishi mumkin.

Ma`lumot o`rnida, mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasida Xitoyning ulushi 2019 yil yakunlari bo`yicha 18,1 foizni yoki 7,6 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1