AsosiyDunyo

Chilida so`nggi 80 yil ichidagi eng katta suv toshqini sodir bo`ldi

Chilida yuz bergan suv toshqini oqibatida 14 kishi halok bo`ldi. 20 kishi esa bedarak yo`qolgan, deya xabar beradi news.rambler.ru. 

Aytish lozimki, bu Chilida o`tgan 80 yil ichida yuz bergan eng kuchli suv toshqini sanalmoqda. Suv toshqini bir haftadan ortiq vaqt mobaynida to`xtovsiz yog`gan yomg`irlar natijasida yuzaga kelgan. Mamlakatning Antofagast, Atakam, Kokimbo kabi hududlari boshqalaridan ko`ra ko`proq zararlangan.

Ayni vaqtda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Maktab, maktabgacha ta`lim muassasalari yopilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, toshqin oqibatida nobud bo`lgan fuqarolarning soni ortishi mumkin.

 

 

    Boshqa yangiliklar