AsosiySport

Dzyudo. Terma jamoamiz Gran-Pri turnirida kuchli uchlikdan joy oldi

Turkiyaning Samsun shahrida dzyudo kurashi bo`yicha o`tkazilgan Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik musobaqada O`zbekiston terma jamoasi a`zolari 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo`lib, umumjamoa hisobida 67 davlat vakillari orasida uchinchi o`rinni egallashdi. Terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni Sharofiddin Lutfullaev (-60 kg) va Rishod Sobirov (-66 kg) keltirishgan bo`lsa, vazni 90 kg.gacha bo`lgan polvonlar musobaqasida ishtirok etgan Sherali Jo`raev bronza medali sovrindori bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Sharofiddin Lutfullaev saralash bahslarida Chexiya, Qozog`iston, Ozarbayjon va Gruziya terma jamoalari vakillari mag`lub etib, yarim finalda rossiyalik Robert Mshvidovadzeni, hal qiluvchi final bellashuvida esa yana bir ozarbayjonlik polvon Orxan Safarovni engdi. 

Ikki karra olimpiada o`yinlari sovrindori Rishod Sobirov esa saralash bahslarida Qozog`iston, Belgiya, Rossiya, Gruziya polvonlarini engib, yarim finalda Portugaliya, finalda esa Mo`g`iliston terma jamoasi a`zolarini engishga muvaffaq bo`ldi.

Mazkur Gran-Pri turnirida 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o`tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o`yinlarining yo`llanmalari uchun reyting ochkolar ham o`ynaldi. 

    Boshqa yangiliklar