AsosiySport

Mirjalol Qosimov Yaponiya va O`zbekiston terma jamoalari o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvidan oldin jurnalistlarning savollariga javob

Yaponiya va O`zbekiston terma jamoalari o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvidan oldin ikkala murabbiy ishtirokidagi matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Dastlab O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlar savollariga javob berdi, deya xabar beradi olamsport.com nashri championat.asia ma`lumotlari asosida.

“Ertaga o`rtoqlik uchrashuvi bo`lsa ham chiroyli va qiziqarli bahs bo`lishi kutilmoqda. Yaponiya terma jamoasi juda kuchli, lekin biz faqat g`alaba haqida o`ylayapmiz. O`yin maqomi qanday bo`lishidan qat`iy nazar biz o`z vatanimiz sharafini himoya qilamiz.

Bir qator futbolchilarimiz olimpiya terma jamoasi safida Bangladeshdagi saralashda ishtirok etmoqda. Yaponiyaga Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov ham kelmadi. Bu futbolchilar yo`q bo`lsa ham biz o`z kuchimizga ishonamiz. Ertangi o`yin tarkibga yangi qo`shilgan futbolchilar uchun yaxshi imkoniyat.

Yaponiya termasida yangi murabbiy ish boshladi, shu bois ertaga qanday o`yin ko`rsatishlari men uchun jumboq. Ammo futbolchilar o`sha-o`sha. Vohid Xalilxojich juda tajribali murabbiy – Jahon chempionatlari ishtirokchisi. Menimcha u Yaponiya terma jamoasi bilan muvaffaqiyatga erisha oladi. Yaponiya kabi biz ham Osiyo Kubogida yuqori maqsadlarga erishmoqchi edik, biroq kuchli raqibga yutqazib qo`ydik. Osiyo Kubogi - tarixga aylandi va biz oldinga intilishimiz kerak. Umid qilamanki, JCh-2018 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok eta olamiz”, - deydi Qosimov.

    Boshqa yangiliklar