AsosiyDunyo

Tailand malika Maxa Chakri Sirindxorn tavallud kuni munosabati bilan 35 ming mahbusni ozod qiladi

Tailand malikasi Maxa Chakri Sirindxorn shu yilning 2 aprel kuni 60 yoshni qarshi oladi. Shu munosabat bilan mamlakat qamoqxonalaridagi ko`plab mahbuslarning amnistiya orqali ommaviy ozod etilishi, shuningdek belgilangan qamoq jazosining muddati kamaytirilishi, ayblarining yumshatilishi kutilmoqda. Bu haqda Vesti xabar beradi.

Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu amnistiya tahminan 35 ming fuqaroga qo`llaniladi. O`lim jazosiga hukm qilinganlarning jazosi esa 50 yillik qamoq jazosiga almashtiriladi va keyinchalik ushbu muddatni ham qisqartirish imkoniyati beriladi. Ozodlikka og`ir kasalliklarga chalingan, belgilangan qamoq muddati jazosining yarmi yoki eng kami bilan uch yil jazoni o`tagan fuqarolar chiqariladi. Shu bilan birga, qamoq jazosidan 60 yoshdan oshgan fuqarolar ham ozod etilishi xabar qilinmoqda. 

    Boshqa yangiliklar