AsosiySport

Football Observatory agentligi Evropaning beshta eng nufuzli chempionatlaridagi futbolchilarning ishtiroki haqida hisobotini e`lon

Football Observatory agentligi Evropaning beshta eng nufuzli chempionatlaridagi futbolchilarning ishtiroki haqida hisobot tayyorladi. Bu haqda sports.uz nashri xabar beradi.

Reyting jadvali futbol o`yinidagi beshta pozisiyada tuzilib, oltita asosiy jihatlarga urg`u berildi: darvoza tomon berilgan zarbalar, jamoadoshlariga yaratilgan golli vaziyatlar, o`zi ishtirok etgan golli vaziyatlar, to`p uzatishdagi aniqlik, raqiblarga pressing o`tkazish va yakkakurashlardagi mahorat. 

Hujumchilar orasida birinchi o`rinni “Bavariya” futbolchisi Aren Robben va “Volsfburg” hujumchisi Bas Dostni ortda qoldirgan “Barselona” Lionel Messi qo`lga kiritdi. Qizig`i, Krishtianu Ronalduga bu safar kuchlilar safida  joy topilmadi.  “Real” hujumi etakchisi Krishtianu Ronaldu atigi 29- o`rinni egalladi, xolos. 

Tayanch yarim himoyachilardan Nuri Shaxin (“Borussiya”) o`z pozisiyasida Pol Pogba ("Yuventus") va Fernandino ("Man Siti") kabi yosh iqtibor egalarini ortda qoldirib, ampluasida tengsiz deb topildi. Hujumkor yarim himoyachilar Eden Azar (“Chelsi”) hamda Mesut O`zil (“Arsenal”) bir xil ochko bilan eng yaxshilardan bo`ldilar. 

Qanot himoyachilaridan “Manchester Siti” a`zosi  Gael Klishi eng zo`ri bo`ldi. Markaziy himoyada esa "Bayer"futbolchisi Emir Spaxich bir qancha nomdor himoyachilarni ortda qoldirdi.  Football Observatory tasnifi bo`yicha 2015- yilning eng yaxshi futbolchilari reyting jadvali:

 Markaziy himoyachilar 

1. Emir Spaxich («Bayer») — 100 ball  

2. Martin Demikelis («Manchester Siti») — 89 

3. Mats Xummels («Borussiya» D) — 79 

Qanot himoyachilari 

1. Gael Klishi («Manchester Siti») — 100 

2. Marselo («Real») — 75 

3. Rafinya («Bavariya») — 72 

Markaziy/ tayanch yarim himoyachilar 

1. Nuri Shaxin («Borussiya» D) — 100 

2. Pol Pogba («Yuventus») — 96 

3. Fernandino («Manchester Siti») — 94 

Hujumkor yarim himoyachilar 

1. Eden Azar/Mesut O`zil («Chelsi»/«Arsenal») — 100 

3. Xesus Navas («Manchester Siti») — 86 

Hujumchilar 

1. Lionel Messi («Barselona») — 100 

2. Aren Robben («Bavariya») — 92 

3. Bas Dost («Volfsburg») — 77 

    Boshqa yangiliklar