1

“Xalq nazorati” portali va mobil ilovasi ishga tushadi

Hi-tech 18.03.2020, 20:14
Teglar: ilova,
“Xalq nazorati” portali va mobil ilovasi ishga tushadi

Tegishli qaror bilan Toshkent shahar hokimligi ta`sischiligida MChJ shaklidagi Raqamli rivojlanish departamenti hamda uning tuzilmasida tarmoq Loyiha ofislari tashkil etilib, ularning asosiy vazifalari belgilandi, deb xabar berdi Huquqiy axborot kanali.

Shunga ko`ra, Toshkent shahar hokimligining Ijro apparati tuzilmasiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo`yicha hokim o`rinbosari – Departament rahbari lavozimi kiritildi.

✅ Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 sentyabrdan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishda davlat organlari va tashkilotlari quyidagilarga majbur:

👉 Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona texnologik echimlar, tasniflagichlar va standantlardan foydalanish;

👉 dasturiy mahsulotlarni joriy etishda asosan lisenziyalash cheklovlaridan holi yagona ochiq formatdagi elektron hujjatlardan foydalanishni ta`minlash.

👉 2020 yil 1 mayga qadar shahar infratuzilmasining holati, davlat xizmatlarining sifati va boshqa masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish uchun “Xalq nazorati” portali va mobil ilovasi ishga tushiriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1