Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyoda ishsizlik ommaviy tus olishi mumkin. BMT tarkibidagi Xalqaro mehnat tashkilotining xabariga ko`ra, buning oqibatida deyarli 25 million kishi ishsiz qoladi.
Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT) qayd etilishicha, pessimistik ssenariy bo`yicha 24,7 million kishi (solishtirish uchun: 2008-2009 yildagi moliyaviy inqiroz davrida 22 million xodim ishsiz qolgan), optimistik taxmin bo`yicha esa 5,3 million kishi ishsiz qoladi.
“Koronavirus pandemiyasi endilikda dunyoga nafaqat sog`liqni saqlash sohasidagi global inqiroz, balki mehnat bozorida ham katta ta`sir ko`rsatadigan iqtisodiy inqirozga olib keladi. Bunga tayyor bo`lish kerak“ dedi Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder.