AsosiyJamiyat

"Bo‘lsa xafa qilaman" — Qo‘rg‘ontepa hokimi bemorni dorixonaga yubormaslikni buyurdi

Ҳолат юзасидан тиббиёт бирлашмаси раҳбари изоҳ берди.

'"Bo‘lsa xafa qilaman" — Qo‘rg‘ontepa hokimi bemorni dorixonaga yubormaslikni buyurdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘rg‘ontepa hokimining shifoxona rahbariga “bemor tashqaridan dori olmasin” deb topshiriq bergani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan tibbiyot birlashmasi rahbari izoh berdi.

Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi Alisher Xalilovning tibbiyot birlashmasi rahbariga telefonda “Dorini ko‘chadan olmasin, hammasini shu yerdan qildirib bering. Biror narsa tashqaridan olsa — xafa qilaman”, degani tushirilgan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokama markaziga aylandi.

Ma’lum qilinishicha, hokim tun vaqtida shifoxonani ko‘zdan kechirgan va davolanayotgan ikki oylik chaqaloqni ko‘targan ona bilan suhbatlashgan. Shifokor bolada immunitet pastligi onaning homiladorlik davrida kamqonlik bilan bog‘liq bo‘lganini aytgan.

Holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani tibbiyot birlashmasi rahbari Yodgorbek Bo‘ronov izoh berdi. Uning aytishicha, bola shu vaqtgacha davlat tomonidan beriladigan dori vositalari bilan davolanib kelgan va tashqaridan hech qanday dori xarid qilinmagan.

“Bunday topshiriqlar ko‘p bo‘lib turadimi?” degan savolga Bo‘ronov: “Yo‘q, ko‘p emas — yiliga bir-ikki marta. Sharoyati bo‘lmasa, yonimizdan yordam qilamiz”, — deb javob bergan.

Ushbu holat tibbiyot muassasalaridagi ta’minot masalalari va hokimlarning aralashuvi borasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:07

    'Toshkent metro bekatlarida kassalar yopiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:43

    Toshkent metro bekatlarida kassalar yopiladi

    Xo'sh, endi fuqarolar metroga qanday to'lov qiladi?

    'Talabalar uchun qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 05.12.2025 21:33

    Talabalar uchun qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanadi

    Taʼtil davrida talaba va oʻquvchilarning oʻz yashash hududlariga qaytishlarini qulaylashtirish maqsadida qoʻshimcha sharoitlar yaratiladi.

    'Президент Саудия Арабистони компаниялари делегациясини қабул қилди'ning rasmi

    Jamiyat 05.12.2025 19:44

    Президент Саудия Арабистони компаниялари делегациясини қабул қилди

    Тарафлар амалий ҳамкорликни янада кенгайтириш ва устувор қўшма лойиҳаларни жадаллаштириш масалаларини муҳокама қилди.

    'Toshkent viloyatida "Damas" va "Toyota" haydovchilari janjallashdi'ning rasmi

    Jamiyat 05.12.2025 19:31

    Toshkent viloyatida "Damas" va "Toyota" haydovchilari janjallashdi

    "Damas" haydovchisi avval ballon "klyuch" bilan "Toyota" oynalariga urgan, so'ng yo'lovchisining boshiga mojar qilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 05.12.2025 19:09