AsosiySiyosat

2026 йилдан Ўзбекистонда 65 мегаваттли кичик ва микро ГЭСлар барпо этилади

Ushbu loyihalar hisobiga 80 mingta xonadonda elektro ta'minoti tubdan yaxshilanadi.

'2026 йилдан Ўзбекистонда 65 мегаваттли кичик ва микро ГЭСлар барпо этилади'ning rasmi

Aholining muqobil energiya manbalaridan foydalanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar jadal davom ettirilishi ta’kidlandi. Bu haqda  Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan marosimda so‘z ochildi.

 Undaqayd etilishicha, yangi yilda Xitoy tajribasi asosida 300 ta mahalla hududida aholi bilan kooperatsiya orqali 107 megavattli quyosh stansiyalari o‘rnatiladi.

 Mazkur ijtimoiy loyiha keng joriy etilib, 30 mingta kambag‘al oilaga “yashil” energiya kirib boradi. Ular o‘z ehtiyojidan ortiqcha elektro energiyasini tarmoqqa uzatib, daromad topadi.

Tadbirkorlar ham suv resurslaridan unumli foydalanib, joriy yil 40 megavattli kichik va mikro GESlar qurishdi. Natijada 120 million kilovatt-soat elektro energiyasi ishlab chiqarildi va ular qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘ldi.

Keyingi yilda 65 megavattli kichik va mikro GESlar barpo etiladi. Ushbu loyihalar hisobiga 80 mingta xonadonda elektro ta’minoti tubdan yaxshilanadi.

    Boshqa yangiliklar