Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tegishli buyrug‘iga ko‘ra, oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar talaba va o‘quvchilarining qishki ta’til muddati belgilandi. Unga muvofiq, joriy o‘quv yilida qishki ta’til 2025 yil 28 dekabrdan boshlanib, 2026 yil 10 yanvarigacha davom etadi.
Ta’til davrida talaba va o‘quvchilarning o‘z yashash hududlariga qaytishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha sharaitlar yaratiladi. Bu orqali turli hududlar o‘rtasidagi qatnovlarni optimallashtirish ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan, 2025 yil 18 dekabrdan 2026 yil 12 yanvarigacha talaba va o‘quvchilar uchun yo‘l chiptalari 50 foiz chegirma asosida sotiladi. Chegirma temir yo‘l va aviaqatnovlarning belgilangan yo‘nalishlarida amal qiladi.
Rasmiylarga ko‘ra, bu chora talaba-yoshlarning ta’tilni oila davrasida o‘tkazishi, qaytish jarayonida tirbandliklarni kamaytirish va transport tizimida qulaylik yaratishga xizmat qiladi.






