AsosiySiyosat

Londonda "O‘g‘irlanmagan kelin" qahramonlariga haykal qo‘yildi

Bollywoodning klassik filmi "O'g'irlanmagan kelin" 30 yilligi munosabati bilan London markazida Raj va Simran obrazlariga bag'ishlangan bronza haykal ochildi.

'Londonda "O‘g‘irlanmagan kelin" qahramonlariga haykal qo‘yildi'ning rasmi

"Hindustan Times"ning yozishicha, Londonning Lester-skver maydonida Bollivudning mashhur filmi "O‘g‘irlanmagan kelin" qahramonlari — Raj (Shohruxxon) va Simran (Kajol) obrazlari aks etgan bronza haykal tantanali ravishda ochildi. Haykal filmning 30 yillik yubileyi munosabati bilan o‘rnatildi va "Scenes in the Square" yo‘lakchasida haykalga ega bo‘lgan birinchi hind filmi sifatida qayd etildi.

Ochilish marosimida Shohruxxon va Kajol shaxsan ishtirok etib, haykalni ochib berishdi. Shohruxxon Instagram'dagi murojaatida Londonga borganlar haykalni albatta ko‘rib o‘tishni tavsiya qilgan.

1995 yilda Aditya Chopra tomonidan suratga olingan "O‘g‘irlanmagan kelin" (DDLJ) Raj va Simranning sevgi tarixini hikoya qiladi. Asar Hind kinosi tarixidagi eng mashhur romantik filmlardan biri bo‘lib, Mumbaydagi Maratha Mandir kinoteatrida 25 yildan ortiq vaqt davomida uzluksiz namoyish etilgan.

Film sevgi, an'ana va jasorat mavzularini yoritishi bilan tomoshabinlar qalbida hanuzgacha alohida o‘ringa ega.

    Boshqa yangiliklar