AsosiyIqtisodiyot

2021 yilga qadar tadbirkorlik sub`ektlari ishini soliq auditdan o`tkazish to`xtatiladi

'2021 yilga qadar tadbirkorlik sub`ektlari ishini soliq auditdan o`tkazish to`xtatiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda huquqiy axborot kanali m`lum qildi.

2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub`ektlarining faoliyatini soliq auditidan o`tkazish to`xtatiladi, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan o`tkazish bundan mustasno.

Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil bilan birgalikda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qat`iy rioya etilishi ustidan nazorat o`rnatadi.

Tadbirkorlik sub`ektlariga:

hisobot yilida amalga oshirilgan tovarlarning umumiy eksportiga nisbatan 10 foizdan oshmagan muddati o`tgan debitor qarzdorligi mavjud bo`lgan taqdirda, kafolatlangan to`lovni ta`minlamasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga;

2020 yil davomida tashqi savdo operasiyalari bo`yicha muddati o`tgan debitor qarzdorligini so`ndirish evaziga texnologik asbob-uskunalar va xomashyo tovarlarini import qilish bo`yicha bir martalik operasiyalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Boshqa yangiliklar